22:07 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zaderjaniye uchastnikov nesanktsionirovannыx mitingov v Kazaxstane

Qozogʻistonda saylov vaqtida 700 kishi qoʻlga olindi - video

© Sputnik / / Timur Batыrshin
Dunyoda
Havola olish
27710

Nur-Sultonda va Olma-ota shaharlarida mitinglarni “Qozogʻistonning demokratik tanlovi” tashkiloti (sud tomonidan ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan) tarafdorlari tomonidan uyushtirildi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Saylov davrida 9 va 10 iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida oʻtkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qoʻlga olindi. Bu haqda Qozogʻiston IIV matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Birinchi kuni 500 kishi, ikkinchi kuni 200 kishi qoʻlga olindi. Birinchi kuni 400, ikkinchi kuni 150 kishi javobgarlikka tortildi”,  - deb taʼkidladi IIV rasmiy vakili Nurdilda Oraz.

Boshqa shaharlarda qoʻlga olinganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Ruxsat berilmagan miting davomida uch nafar politsiya xodimi jarohat oldi.

IIVda taʼkidlanishicha, Nur-Sultonda va Olma-ota shaharlarida mitinglarni “Qozogʻistonning demokratik tanlovi” tashkiloti (sud tomonidan ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan) tarafdorlari tomonidan uyushtirildi.

Ular xorijdagi rahbarlarning topshiriqlarini bajarishgan. Saylovlar vaqtida jamoat tartibini buzish maqsadida noqonuniy tarzda mitinglar tashkil qilishgan.

Asosiy mavzular