00:17 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v mejdunarodnom forume Odin poyas — odin put posetil Tsentr issledovaniy i innovatsiy kompanii Huawei

Huawei smartfonlarida Android oʻrniga Rossiya dasturi oʻrnatiladi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Dunyoda
Havola olish
337 0 0

Huawei kompaniyasi AQSH sanktsiyalaridan soʻng Android oʻrniga Rossiyada ishlab chiqilgan “Avrora” operatsion tizimini oʻrnatishi mumkin.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Xitoyning Huawei kompaniyasi Android operatsion tizimi oʻrniga Rossiyada ishlab chiqilgan "Avrora" operatsion tizimini oʻrnatishi mumkindeb xabar qilmoqda The Bell nashri.

Bunday qadam qoʻyishga kompaniyaga nisbatan AQSH tomonidan kiritilgan sanktsiyalar sababchi boʻlgan. AQSH hukumati qaroriga koʻra, yangi ishlab chiqarilayotgan smartfonlarga Android operatsion tizimini oʻrnatishi mumkin emas.

"Avrora" operatsion tizimi Linux yadrosida ishlaydi va Androidning barcha dasturlari bilan ishlashga qodir.

Ushbu hamkorlik haqidagi kelishuvga Iqtisodiy forum doirasida erishilgan. Huawei kompaniyasi direktori Go Pin va Rossiyaning Raqamli rivojlanish vaziri Konstantin Noskov Sankt – Peterburgda muzokaralar oʻtkazishgan edi. Ushbu masala, shuningdek Xitoy yetakchisi Si Tszinpin hamda Vladimir Putin uchrashuvi doirasida ham muhokama qilingan edi.

Rossiya va Xitoy ushbu masalada kelishuvga erishgan taqdirda, “Avrora” operatsion tizimi Huawei smartfonlarida zavoddan oʻrnatilgan boʻladi. Ikkinchidan, Rossiyada smartfonlar uchun kerakli mikrosxema va chiplar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

"Avrora" oʻzi nima?

2012 yilda Finlandiyaning Jolla kompaniyasi dasturchilari (ayrimlari Nokia kompaniyasida ishlagan)  tomonidan Sailfish degan operatsion tizim yaratilgan edi. 2014 yilda Rostelekom Jollaning 75% aktsiyalarini sotib oladi. Shundan soʻng Sailfish asosida "Avrora" nomli Rossiya milliy operatsion tizim yaratishga kirishiladi. Ayni damda "Avrora" "Otkrыtaya mobilnaya platforma" kompaniyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinmoqda. 

Bugunga qadar "Avrora" bir necha smartfon va planshetlarga oʻrnatilgan. Avrora operatsion tizimi Mac va Android ga nisbatan kamroq texnik resurslar talab qiladi va foydalanuvchi maʼlumotlarini yaxshiroq himoyalaydi. Hozirda ushbu tizimda ishlaydigan smartfonlar Rossiya pochtasi va bir qator davlat xizxmatchilari tomonidan sinovdan oʻtkazilmoqda. 

 

Asosiy mavzular