15:23 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Qora qush: Frantsiyada musulmon va yahudiylarga hujum qilmoqchi boʻlgan guruh qoʻlga olindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Dunyoda
Havola olish
312 0 0

Qoʻlga olingan besh nafar shaxs “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga aʼzo boʻlgan.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Frantsiyada musulmon va yahudiylarga hujum uyushtirmoqchi boʻlgan besh kishi qoʻlga olindi. Bu operatsiya bir necha oy davomida olib borilayotgan tergov doirasida amalga oshirildi.

Bu haqda RIA Novosti BFMTV telekanaliga asosan xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, gumonlanuvchilarni qoʻlga olish 2018 yil sentyabrdan 2019 yil may oyi yakunigacha amalga oshirildi. Qoʻlga olingan shaxslar orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor.

Qoʻlga olinganlarning barchasi “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga aʼzo boʻlgan.

Ular forumda teraktlarni amalga oshirishni muhokama qilishgan.

Telekanal qayd etishicha, bir necha hujum, shu jumladan, musulmonlar va Frantsiya yahudiylar kengashi har yili oʻtkaziladigan yigʻilish vaqtida teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

Asosiy mavzular