00:01 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Olimlar Oyda ulkan metall qatlamni topishdi

© REUTERS / Mike Blake
Dunyoda
Havola olish
483 0 0

Oyning Janubiy qutbi – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda ulkan metall joylashgan.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyani topdi. Olimlar buni ulkan asteroidning qoldiqlari deb taʼkidlashmoqda. Live Science xabariga asosan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, ulkan metall massasi Oy orqa tomonida Janubiy qutb - Eytken kraterida  joylashgan. Bu Quyosh sistemasida boshqa jism urilishi natijasida hosil boʻlgan eng yirik krater hisoblanadi.   

Taxminlarga koʻra, asteriod Oyning shu joyiga 4 milliard yil oldin urilgan.

“Tasavvur qiling, yer ostida ulkan metal uyumi yopildi, u Gavay orolidagi Katta oroldan besh baravar katta. Biz kutilmaganda, aynan bunday massa bilan toʻqnashdik”, - dedi tadqiqot bosh muallifi Piter Jeyms.

Olimlar hisob kitobiga koʻra, ulkan metallning ogʻirligi 2,4 septillion tonna.  Metall uyumlari Janubiy qutb – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda joylashgan.

Asosiy mavzular