23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

AQSH Ukraina poytaxti nomini oʻzgartirdi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
810 0 0

AQSH joʻgʻrofik nomlar boʻyicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini oʻzgartirishga qaror qildi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. AQSH joʻgʻrofik nomlar boʻyicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini oʻzgartirishga qaror qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi xabar qildi.

Koʻrib chiqish uchun tegishli murojaatni elchi Valeriy Chaliy yubordi.

Kengash bir ovozdan xalqaro bazada Ukraina poytaxtini "Kiev"ni  "Kyiv"ga oʻzgartirishga qaror qildi.

Umumiy bazaga 17 iyun kuni oʻzgartirish kiritiladi.

Elchixona taʼkidlashicha, bu qaror Kiyevning butun dunyoda, shu jumladan, xalqaro qatnovlarda va chet el aeroportlarida yozilgan matnni oʻzgartirish uchun muhim ahamiyatga ega.

May oyi oxirida Ukraina hukumati ayrim rus familiyalarni yozish tartibini oʻzgartiradigan yozuv qoidalarini tasdiqlagandi.

Rossiya Davlat dumasida bu qadamni Rossiyaga qarshi kampaniyani davomi deb atadi.

Asosiy mavzular