11:22 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Oblomki razrushennogo zdaniya

Afgʻonistonda 2000 yillik minora quladi

CC0 / pixabay
Dunyoda
Havola olish
670 0 0

Afgʻonistonda urush va ogʻir iqtisodiy sharoit tufayli tarixiy obidalar birin ketin yoʻq boʻlib ketmoqda.

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Afgʻonistonning Gʻazni shahrida kuchli yomgʻirdan soʻng qadimiy minora qulab ketdi, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali.

Mutaxassislar fikriga koʻra, Gʻazni shahridagi qadimiy qala 2000 yillik tarixga ega. Dastlab unda 36ta minora boʻlgan. Yillar daovmida ularning 14 tasi turli urush va tabiat taʼsiri, shuningdek qarorvsizlik tufayli vayron boʻlib ketgan.

Gʻazni shahri VII asrga qadar buddiylik gullab-yashnagan shaharlardan biri boʻlgan. 683 yilda arablar ushbu hududga islom dinini olib kelgan. Undan 6 asr oʻtib Gʻazni Chingizxon qoʻshnlari tomonidan yakson qilingan.

Qayd etish joizki, Afgʻonistonda urush va ogʻir iqtisodiy sharoit tufayli tarixiy obidalar birin ketin yoʻq boʻlib ketayotgani achinarli holdir. Masalan, 2001 yilda tolibon harakati tomonidan 2ta ulkan Budda haykali portlatib yuborilgan edi.

Asosiy mavzular