09:55 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Zavod kompanii Danone v Samare

Xitoy firmasi Rossiyaning bir necha sut brendlarini oʻzlashtirib oldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Dunyoda
Havola olish
260 0 0

Xitoy firmasi Rossiya sut brendlarini oʻzlashtirib olgani uchun sut zavodlari ushbu firmani sudga berdi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Rossiyaning bir necha sut zavodlari Xitoyning Xeyluntszyan viloyatida joylashgan firma ustidan ommaviy sud arizasi topshirdi. Ular ushbu firmani Rossiya sut brendlarni oʻzlashtirib olishda ayblashmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiyaning bir necha sut zavodlari oʻtgan yilning oxirida Xitoyga oʻz mahsulotlarini olib kirishga ruxsat olgan edi. Lekin 2019 yilning 28 yanvarida xitoylik bir kompaniya Rossiya zavodlariga tegishli boʻlgan sut brendlarini oʻzlashtirib olgani maʼlum boʻldi. Shu sabab ayni damda Rossiya sut mahsulotini Xitoyga olib kirishda muammo paydo boʻldi, dedi Rossiya Eksport markazining eyelektron savdo boʻyicha direktori Aleksey Murzenok.

“Xitoy kompaniyasi qonunni buzmagan. Ular bizning brendlarni oʻz nomiga roʻyxatdan oʻtkazib olgan. Biz ushbu holatni nazorat qilmaganmiz. Balkim Qishloq xoʻjaligi vazirligi bizni vaqtida ogohlantirmagani tufayli kechga qolganmiz”, - dedi Murzenok.  

“Lekin boshqa tomondan qaraganda, ikki yirik mamlakat orasida ushbu vaziyat yechilmaydigan muammoga oʻxshamaydi. Balkim Xitoy tomon bizga biror yordam koʻrsatar. Ushbu kompaniya bilan gaplashib bizning savdo belgilarimizni oʻz ixtiyori bilan qaytarib berar”, - deydi REM vakili.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oxirida Rosselxoznadzor va Xitoy bosh Bojxona boshqarmasi oʻzaro sut mahsulotlari yetkazib berish haqida bitim imzolagan edi. Boshida Xitoy tomon faqat 10ta rossiya sut zavodi mahsulotiga ruxsat bergan boʻlsa, keyin ushbu roʻyxat 33taga kengaytirilgan edi. May oyining oxirida birinchi partiya sut Xitoyga yetkazib berildi.

Maʼlumot uchun – Xitoyda Rossiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari juda katta talabga ega. Ayniqsa turli sut mahsulotlari, shokolad, grechka, bugʻdoy, asal, soya va kungaboqar yogʻi.  

Asosiy mavzular