06:12 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev

Tokayev Trampga maslahat berdi

© Sputnik/ / Vladislav Vodnev
Dunyoda
Havola olish
732 0 0

Qozogʻiston prezidenti Vashington va Pekin oʻrtasidagi savdo urushi haqidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev AQSH Xitoy bilan savdo borasidagi urushda oʻzaro murosaga kelish yoʻllarini izlashi lozim deb hisoblaydi.

Tokayev bu haqda Euronews telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin oʻrtasidagi savdo urush haqidagi fikrlarini bildirib oʻtdi. 

Uning fikriga koʻra, AQSH Xitoyni qiyin ahvolga qoʻymasligi lozim.

“Xatarlar mavjud. Biz AQSH va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushidan tashvishdamiz, chunki Qozogʻiston Xitoyga bir qator tabiiy resurslarni yetkazib beruvchi asosiy eksportchidir. Qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkinligi asosiy xatar sanaladi, shuning uchun biz Xitoy va Amerika Qoʻshma Shtatlari ertami-kechmi oʻzaro kelishuvga erishadi deb hisoblaymiz.

Boshlovchining xitoyshunos sifatida AQSH prezidenti Donald Trampga qanday maslahat bergan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi savoliga Tokayev Xitoyni qiyin ahvolga qoʻymaslikni maslahat berdi.

“Xitoyliklarni burchakka siqib qoʻymaslik kerak, chunki xitoyliklar uchun obroʻ katta ahamiyatga ega” – dedi Tokayev.

Kitayskiye denejnыe kupyurы-yuani
© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk

Eslatib oʻtamiz, AQSH 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj toʻlovini 10%dan 25%gacha oshirgan edi. AQSH-Xitoy savdo-sotiq muzokaralarining soʻnggi bosqichi may oyining oʻrtalarida samarasiz yakunlandi.

Shuningdek, AQSH prezidenti 300 milliard dollarga baholanuvchi Xitoyning qolgan barcha mahsulotlariga boj toʻlovini oshirish jarayonini boshlashni topshirdi. Bunga javoban esa Xitoy moliya vazirligi Pekin1 iyundan boshlab 60 milliard dollarlik AQSH mollariga oshirilgan boj toʻlovini joriy qilganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular