Zelenskiy Putin bilan uchrashganida gapni nimadan boshlashini ma’lum qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukriana prezidenti Zelenskiy Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvda birinchi navbatda aytidigan so‘zlarini ochiqladi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild nemis nashriga bergan interyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvda nimalar haqida suhbatlashini bayon qildi.

“Gapni Donbass va Qrim bu Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, - deya javob qaytargan u jurnalistning savoliga.

Bivshiy federalniy kansler FRG Gerxard Shreder. - Sputnik O‘zbekiston
Shreder Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qonunan to‘g‘ri, deb hisoblaydi

Shuningdek, u tez orada yarimorol Ukraina tarkibiga qaytarilishiga umid bildirishini qo‘shimcha qilgan.

Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish haqida to‘xtalib o‘tarkan, siyosatchi uning maqsadi “Diplomatik yo‘l bilan Ukrainaga tinchlik olib kelish” ekanligini qayd etgan.

“Biz shu paytgacha Minsk kelishuviga ishonib kelmoqdamiz. Umid qilamizki, bu kelishuv hal qilish yo‘lini taklif qiladi. Biz  uni sulh tuzish va mahbuslarni ozod qilish to‘g‘rida muzokaralar o‘tkazish uchun yangi usulda  ishga solamiz. Biroq biz yana 5-yil kuta olmaymiz, chunki har kuni ukrainlar halok bo‘lmoqda”, - deya Zelenskiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Zelenskiy Ukraina Qrimni o‘ziga qaytaradi, deya bayonot qildi

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “MIR” telekanaliga bergan intervyusida Ukraina bilan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirishini ma’lum qilgandi. Biroq, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar qilishicha, hozircha prezidentning Zelenskiy bilan muloqot o‘tkazishi rejalaridan o‘rin olmagan.

Yangiliklar lentasi
0