21:03 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA

Tramp Pentagon rahbarini almashtirdi

David B. Gleason
Dunyoda
Havola olish
328 0 0

AQSH Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib Mark Esper tayinlandi

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan bu lavozimga boshqa daʼvogarlik qilolmaydi. Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib Mark Esper tayinlandi, deb bayonot qildi Tramp.

"Ajoyib ishni amalga oshirgan Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan, oʻz oilasiga koʻproq vaqt ajratish uchun (senatda) tasdiqlanish jarayonini davom ettirmaslikka qaror qildi. Men Petga ajoyib xizmati uchun minnatdorlik bildiraman va (hozirgi) quruqlikdagi qoʻshinlar vaziri Mark Esperni mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlayman", - deb yozgan Tramp oʻzining Tvitterida.

AQSH prezidenti, shuningdek, Markni yaxshi bilishini va u bu ishni aʼlo darajada uddalashiga shubha qilmasligini bildirgan.

Asosiy mavzular