Poroshenko: “Ukraina Qrimdan voz kechishi mumkin”

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina sobiq prezidenti Kiyevning yangi rahbariyati Qrimga da’vo qilishdan voz kechishi mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenko Glavcom portaliga bergan intervyusida Kiyevning yangi rahbariyati Qrimga da’vo qilishdan voz kechishi mumkinligini ma’lum qildi.

Siyosatchining fikriga ko‘ra, Ukraina rahbariyati Donbassdagi mojaroni hal qilish evaziga Qrim yarimorolini Rossiyaga tegishli deb tan olishi mumkin.

Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putin bilan uchrashganida gapni nimadan boshlashini ma’lum qildi

“Lekin o‘sha zahoti hukumat bo‘lishdan to‘xtaydi. Bu odamlar uchun juda xavfli bo‘ladi, birinchi navbatda, chunki yangi siyosatchilarning taqdiri meni juda kam qiziqtiradi”, - deya Poroshenko so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, u Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyga omma oldida maslahat bermagan bo‘lishini ta’kidladi. Biroq, Zelenskiy Rossiya davlati tug‘dirayotgan  “haddan tashqari xavf va tahdidlarni” hisobga olishi kerak, deya xulosa qilgan.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz berdi.

Moskva yarimorol aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan.

Yangiliklar lentasi
0