22:44 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev

Qirgʻiziston bosh prokuraturasi “Atambayev ishi” boʻyicha xulosani koʻrib chiqadi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
284 0 0

Yetti kun ichida Qirgʻiziston bosh prokuraturasi xulosaga qonuniy baho berishi kerak.

TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. Qirgʻiziston parlamenti “Sobiq prezident Almazbek Atambayev boʻyicha  uning dahlsizligini mahrum etish boʻyicha ayblovlarni ilgari surish toʻgʻrisida” qarorni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Qaror loyihasida “Atambayev ishi" boʻyicha deputatlar komissiyasining xulosasini qabul qilish va uni Bosh prokuraturaga borish taklif etilgandi. Buni 100 nafar deputat qoʻllab-quvvatlagan, 5 nafar deputat qarshi ovoz bergan.

13 iyun kuni Qirgʻiziston parlamentida maxsus komissiya tuzildi. Maxsus komissiya sobiq prezidentni dahlsizlikdan mahrum etish boʻyia xulosa tayyorlash kerak boʻlgan. Ikki haftada maxsus komissiya xulosa tayyorladi.

Xulosaga koʻra Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va stantsiyaga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruktsiyasida korruptsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Xulosani partament deputatlari koʻrib chiqishdi. Endi u mamlakat bosh prokuraturasiga yuboriladi. Prokuratura yetti kun ichida jinoyi ish qoʻzgʻatish uchun asoslar borligini oʻrganib chiqadi.

Agar nazorat qiluvchi organ jinoiy asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, parlament sobiq prezidentni dahlsizlikdan mahrum etish masalasini koʻrib chiqadi.

Asosiy mavzular