01:06 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Amerikanskiy strategicheskiy razvedыvatelnыy BPLA RQ-4 Global Hawk

Eron AQSH razvedka dronini nega urib tushirdi?

© U.S. Air Force / Bobbi Zapka
Dunyoda
Havola olish
1294 0 0

Eron urib tushirgan AQSH uchuvchisiz apparati – oʻta qimmatbaho shpionlik monstri boʻlgan.  

TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Oʻtgan haftra Eron tomonidan urib tushirilgan AQSH uchuvchisiz apparati oddiy dron emas, narxi 220 million turadigan haqiqiy shpionlik monstri boʻlgan, deb xabar qilmoqda Wired nashri.

Eron xabariga aytilishiga koʻra, urib tushirilgan apparat  - RQ-4A Global Hawk boʻlgan. Ushbu apparat nafaqat qimmat balkim oʻta zamonaviy va maxfiy texnologiyalarni  oʻzida mujassamlashtirgani tufayli, uning urib tushirilishi AQShning shu qadar gʻazabini qaynatdi-ki, Tramp hatto Eronga qarshi urush ochishga buyuruq bergan.

Keling RQ-4A “Global Hawk” uchuvchisiz apparatiga yaqin roq nazar tashlaylik. Ushbu qurilma Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan 1998 yil oxirida ishlab chiqarilgan va 2004 yilda AQSH Qurolli kuchlarida foydalanila boshlangan.  

Global Hawk – dunyoda eng yirik uchuvchisiz apparat hisoblanadi. Uning uzunligi 13,3 metr,  qanotlari kengligi esa – 35 metr, ogʻirligi – 15 tonnagacha. Parvoz uzoqligi 25 000 km, davomiyligi – 36 soatgacha.

Global Hawk – eng zamonaviy optik, infraqizil va radiotoʻlqin yordamida ishlovchi kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Apparat kengligi 10 km boʻlgan hududini tinimsiz skan  qilishi va harakatlanayotgan har qanday obʼyektlarni aniqlash yoki 2x2 km kvadratning aniq detallashgan suratlarini olish imkoniga ega. Apparat keng polosali sputniklar orqali ishlaydigan aloqa tizimiga ega. Ushbu tizim orqali Global Hawk barcha maʼlumotni yerga real vaqt ichida yuborib turishi mumkin.

Uchuvchisiz apparat ayrim qiruvchi samolyotlardan kattaroq va ularga qaraganda bir necha barobar murakkab. Shunidek, unda AQShning eng zamonaviy razvedka va kuzatuv texniksi mujassamlashgan. Shu sabab Pentagon ushbu apparat urib tushirilganda “tipirchilab” qolgani beʼjiz emas. Agar ushbu texnologiyalar Eron qoʻliga tushib qolsa nima boʻlishini tasavvur qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, shunga oʻxshash voqea 2011 yilda ham sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Eron AQShning RQ-170 Sentinel uchuvchisiz apparatini urib tushirganini va keyinchalik uning texnologiyalaridan nusxa koʻchirganini xabar qilgan edi. Bir necha yil oʻtib Isroil Eronda haqiqatdan ham radardan yashirinish texnologiyali uchuvchisiz apparatlar paydo boʻlganini tasdiqlagan edi.

Eron Global Hawkni qanday qurol yordamida urib tushirdi, degan savolga mutaxassislar – bu ish “yer – havo” tizimida radar yordamida ishlaydigan sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan “Kub-M” yoki “Buk” raketa tizimlarining “qoʻlidan kelishini” qayd etishgan.

Strategicheskiy razvedыvatelnыy bespilotnыy letatelnыy apparat VVS SSHA RQ-4 Global Hawk
U.S. Air Force / Airman 1st Class D. Blake Browning

Xoʻsh, Eron AQSH “kuzatuvchi”sini nega urib tushirdi?

Eron tomon aytishiga qaragana uchuvchisiz apparat uning chegarasini buzib kirgan, lekin AQSH apparat xalqaro havo hududida harakatlanganini taʼkidlamoqda.

Bundan biroz oldin boʻlib oʻtgan voqealarni esga olsak hammasi oʻz joyiga tushadi. Iyun oyining boshida AQSH Eron harbiylarini Yaponiya neft tankerga hujum uyushtirishda ayblagan edi va buning isboti sifatida uchuvchisiz apparatdan suratga olingan videolarni tarqatgan edi. Ushbu video koʻpchillikda shubha uygʻotgan boʻlsada, bir qator gʻarbiy nashrlar ularni chop etib shov-shuv koʻtarishgan edi. Qandaydir tasodif  tufayli bu voqealar aynan Yaponiya bosh vazirining Eronga tashrifi vaqtida sodir boʻlgan edi. Bu bilan Eron AQShga, oʻziga xos uslubda, "droningni yigʻ!" degan boʻlsa, ajab emas. 

Asosiy mavzular