14:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Musulmanskaya devushka v magazine u svadebnogo platya

Rossiyada sharʼiy nikohlar yagona axborot bazasi tashkil qilinadi

© AP Photo / STR
Dunyoda
Havola olish
371 0 0

Sharʼiy nikohlarning yagona axborot bazasini tashkil qilish - yashirin nikohlar muammosini hal qilish mumkin - Moskva muftiysi.

TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Rossiyada musulmonlar orasida tuzilayotgan yashirin nikohlar muammosini hal qilish choralari qidirilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti. Ushbu muammo 21 iyun kuni boʻlib oʻtgan Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy boshqarmasi majlisi va  Muftiylar kengashida muhokama qilindi.

Rossiya Muftiylari fikriga koʻra – sharʼiy nikohlarning yagona bazasini tashkil qili orqali yashirin nikohlar muammosini hal qilish mumkin.

“Shuni afsus bilan qayd etish lozimki, Rossiyada yashirin nikohlar muammosi bor. Musulmon diniga mansub qiz bola, birovning ikkinchi yoki uchinchi xotiniga aylanib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda albatta janjal kelib chiqadi”, - deydi Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov.

Muftiy aytishiga qaraganda aksariyat hollarda yashirin nikohlar islom qoidalariga toʻla muvofiq ravishda tuzilmaydi. Yosh kelin-kuyov ota-onasi va yaqinlarining roziligisiz va ularga xabar bermagan holda nikohdan oʻtadi. Erkak kishi esa, birinchi yoki ikkinchi nikohda ekanligini oʻzining oldingi xotinlari haqida xabar berishi shart.

Musulmoni dinida oila qurish qoidalari oson boʻlgani uchun, koʻpchillik uni oʻz foydasiga hal qiladi. Yaʼni ikkinchi yoki uchincha marotaba oila qurayotganlar oʻzlarining boshqa oilasi borligini yashiradi.

“Afsuski Moskvada bunday holatlar tez-tez uchramoqda. Bu yerga ishlash uchun kelgan xorijiy fuqarolar, birinchi oilaga xabar bermagan holda ikkinchi yoki uchinchi oila tashkil qilishmoqda. Bunday tartibsizlikda oila qurish masalasi xavotirga soladi”, - deydi Moskva muftiysi.

“Biz ushbu yoʻnalishda ishlayapmiz, sharʼiy nikohlarning yagona bazasini tashkil etish ushbu muammoning yechimi boʻlishi mumkin”, - dedi Alyautdinov.

Sharʼiy nikohda dastlab kelin va kuyov roziligi olinadi, keyin ularning ota-onasi, oila boshlgʻi yoki qarovchisining roziligini olish kerak. Kelinga toʻy sovgʻasi berish, nikoh udumini amalga oshirish va undan keyin mehmonlarni toʻyga taklif qilish kerak. Shunday qilib nikohning koʻplab guvohlari paydo boʻladi.

Shunday boʻlsada, muftiy ayollarga oʻz kelajagi va xavfsizligi uchun, nikoh munosabatlarini dastlab ZAGSda roʻyxatdan oʻtkazishni maslahat beradi. Shunda kelajakda nikohda paydo boʻladigan bolalar ijtimoiy himoyalangan boʻladi.

Asosiy mavzular