17:15 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vino.

Rossiya Gruziya vino mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Dunyoda
Havola olish
230 0 0

Rospotrebnadzor Gruziyada tayyorlangan vino ichimliklari ustidan nazoratni kuchaytiradi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Rospotrebnadzor Gruziyadan keltiriladigan alkogol mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, bunga mahsulotning sifati yomonlashgani sabab boʻldi.

2014-2018 yilda talabga javob bermaydigan alkogolning miqdori 2,9 baravarga ortdi. Oʻtgan yili sifatsiz mahsulot 203 ming litrni tashkil qildi.

Birinchi navbatda nazorat choralari "Bagrationi-1882", "Bolero end Kompani", "Kaxetinskoye Traditsionnoye Vinodeliye", "Badagoni", "Dom Gruzinskogo Vina", "Korporatsiya Gruzinskoye Vino", "Kompaniya Gruzinskix Vin i Alkogolnыx Napitkov" va "Batono" kompaniyalar mahsulotlariga taʼsir qiladi.

Hozirgi vaqtda bu korxonalarning mahsulotlari Rossiyaga olib kirishga ruxsat berilmadi.

Asosiy mavzular