06:37 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
V bolnitse

Qozogʻistondagi portlashda jarohatlangan 89 kishi shifoxonaga yotqizildi

© Sputnik / Varvara Gertye
Dunyoda
Havola olish
333 0 0

Qozogʻistonda portlash oqibatida jarohat olgan 70 dan ortiq kishi shifoxonalarda qolmoqda.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Qozogʻiston Aris shahrida portlash oqibatidan jarohat olgan 70 dan ortiq kishi shifoxonalarda qolmoqda. Bu haqda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kuni kecha ertalab  Qozogʻistonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yongʻin yuz berdi, keyinchalik omborxonada oʻq-dorilar portlashi sodir boʻldi.

Ushbu holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Voqea joyiga mamlakat prezidenti keldi. Ikki kishi halok boʻldi, 165 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi, 89 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 15 nafari jonlantirish boʻlimida. Shahar aholi evakuatsiya qilindi.

Asosiy mavzular