14:43 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami

Atambayev uy hovlisi oldida yuk mashina toshlarni toʻkdi. Nima uchun?

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
70010

Sobiq prezident oʻz tarafdorlari bilan suhbatlashdi. Uning uyiga olib keladigan yoʻlda va uy darvozasi oldida beton plitalar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Sobiq prezident Almazbek Atambayev Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi dala hovlisi oldiga yuk mashina toshlarni toʻkdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida koʻp savollar paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Atambayev qoʻlga olinadigan boʻlsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik koʻrsatish uchun kerak boʻlishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.

Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami
Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Vo dvore doma Atambayeva razgruzili gruzovik s kamnyami

Sobiq prezident maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning soʻzlariga koʻra, uy hovlisida taʼmirlash ishlari  olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.

Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorgʻu Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori Oʻtkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosani koʻrib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi.

Sputnik muxbiri soʻzlariga koʻra, sobiq prezident uyiga olib boradigan yoʻlda va uy darvozasi oldida beton plitalar paydo boʻldi. Atambayev uy hovlisi oldida jurnalistlar va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.

Asosiy mavzular