04:06 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Eks-prezident KR Almazbek Atambayev okolo svoyego doma v sele Koy-Tash gde sobirayutsya lyudi

Atambayev uyi oldida yuzdan ortiq kishi toʻplandi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
76410

Atambayev uyi devori boʻylab beton plitalar paydo boʻldi. Uy oldiga katta yuk mashinada toshlar olib kelindi.

TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi dala hovlisi oldida yuzdan ortiq kishi toʻplandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston muxbiri xabar qildi.

Sobiq prezident uyi yaqiniga odamlar mashinalarda kelmoqda. Hovliga matraslar olib kelindi. Bir sutka davomida Atambayevning uyi devori boʻylab beton plitalar paydo boʻldi. Katta yuk mashinada  toshlar olib kelindi.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida koʻp savollar paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Atambayev qoʻlga olinadigan boʻlsa, uning tarafdorlariga bu toshlar qarshilik koʻrsatish uchun kerak boʻlishi mumkin degan taxminlar bildirilmoqda.

Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayevaning soʻzlariga koʻra, uy hovlisida taʼmirlash ishlari  olib borilmoqda va poydevor qurish uchun toshlar olib kelindi.

Bundan tashqari uy yaqinida jurnalist va tarafdorlar uchun shtab tashkil etildi.

Oʻtgan shanba, 22 iyun kuni 300 yaqin tarafdor Atambayevning Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi dala hovlisida toʻplanishgandi. Toʻplangan fuqarolar asosan Juqorgʻu Kenesh ishini tanqid qildi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish yakunida Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilingan.

Juqorgʻu Keneshi 20 iyunda xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

25 iyun kuni mamlakat bosh prokurori Oʻtkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida bayonot berdi. Xulosani koʻrib chiqish uchun parlamentga yuborildi. Biroq bugun bu masala kun tartibiga kirmadi.

Asosiy mavzular