06:38 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
324 0 0

Vladimir Putin va Donald Tramp G20 sammiti doirasida uchrashishdi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Trampning Osaka shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtayotgan G20 sammiti doirasida oʻtkazilgan uchrashuvi yakunlandi.

Bir yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan suhbatda ikki davlat rahbarlari Eron, Ukraina, Suriya, Venesuela masalalarini muhokama qilishgan.

Prezidentlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishidan butun dunyo manfaatdorligini qayd etishgan.

RIA Novostining yozishicha, muzokaralar boshlanishidan avval jurnalistlar Amerika yetakchisidan Putindan AQShdagi saylov jarayonlariga aralashmaslikka chaqirishini soʻrashgan. Tramp ularning iltimosini bajargan.

“Iltimos, saylovlarga aralashmang. Saylovlarga aralashmang”, - deya tabassum bilan murojaat qilgan Tramp.

Har ikki prezident hazil tariqasida aytilgan gaplarga kulib qoʻyishgan.

Avvvalroq AQSH Maxsus prokuror Robert Myuller Donald Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval ikki davlat rahbari G20 sammiti ochilish marosimida qisqacha suhbatlashgani xabar qilingan ed

“Katta yigirmatalik” sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Unda jahon iqtisodiyotidagi eng yirik 20 davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular