01:09 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Turkiya 10 kun ichida S-400 zenit-raketa tizimini oladi - Erdoʻgʻon

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Dunyoda
Havola olish
332 0 0

Rossiyadan Turkiyaga S-400 zenit-raketa tizimlarini yetkazib berish ishlari boshlanadi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini Turkiyaga yetkazib berish ishlari 10 kun ichida boshlanadi. Bu haqda Yaponiyada oʻtkazilgan G20 sammitida Turkiya prezidenti Rejep Toyib Erdoʻgʻon maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

U Ankara bu masala Vashington bilan hal qilishiga umid bildirdi. AQSH bir vaqtning oʻzida Rossiyadan S-400 va AQShdan F-35 qiruvchilarini yetkazib berilishi mumkin emas deb hisoblagandi.

“Biz hozircha sanktsiyalar haqida hech narsa eshitmadik. Bu masala bu yerdagi muzokaralar yoki Tramp bilan boʻlib oʻtgan telefon soʻzlashuvlarda yuzaga chiqmadi”, - Turkiya yetakchisining soʻzlarini keltiradi NTV telekanali.

Bundan avval, Turkiya prezidenti Rossiyadan S-400 sotib olish kelishuvi “butunlay yopilgani”ni aytgandi.

Tramp Osaka shahrida oʻtkazilgan G20 sammitida AQSH Turkiyaga Rossiyadan zenit raketa tizimlari yetkazib berilishiga qarshi sanktsiyalarni kiritmasligini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular