Eron: AQSh bizga hujum qilsa, Isroil yarim soat ichida yo‘q qilinadi

Obuna bo‘lish
Eronlik siyosatchi AQShning hududdagi 36 ta harbiy bazaldari doimiy kuzatuvi ostida ekanini xabar qildi.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Agar AQSh bizga hujum qilsa, Isroil yarim soat ichida yo‘q qilinadi, dedi Eronlik deputat Mojab Zonnur. Bu haqida Mehr agentligi 1-iyul kuni xabar qildi.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQSh razvedka dronini nega urib tushirdi?

Eron Parlamentining Milliy xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, Tehron juda katta harbiy qudratga ega.  

Shuningdek, Zonnur AQSh prezidenti Donald Trampning hujumga 10 daqiqa qolganida uni bekor qilganini – “siyosiy safsata” deb atadi.

“Agar amerikaliklar ularning hujumi muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonishganida edi, ular uni bekor qilmagan bo‘lardi va bu albatta sodir bo‘lgan bo‘lardi”, - dedi deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi 36 ta AQSh harbiy bazalari Eronning doimiy kuzatuvi ostida. Shuningdek, Zonnor Eron o‘zi hech kimga tahdid qilmagan holda har qanday hujumga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Eron harbiylari AQSh uchuvchisisiz apparatini urib tushirganidan so‘ng AQSh va Eron orasida munosabatlar keskinlashgan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp Eronga zarba berishga tayyorlanish haqida buyruq bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0