Rossiyada “Timsoh” jangovar Mi-24 vertolotlari yanada kuchaytirildi

© Sputnik / Aleksandr KondratukAntiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS "Mirnaya missiya-2018"
Antiterroristicheskie ucheniya voorujennix sil stran-chlenov ShOS Mirnaya missiya-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada Mi-24 vertolotlarini modernizatsiya qilindi.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Rossiyada “Milya” konstruktorlik burosi va “Rostvertolom” kompaniyalari Mi-24 vertolotini modernizatsiya qilishdi. Uning ekspluatatsiya muddati 45-yilga uzaytirildi.

Transportno-zarajayushaya mashina kompleksa Iskander-K s krilatimi raketami R-500 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi

Bu haqda “Armiya-2019” ko‘rgazmasida “Vertoloti Rossii” xolding direktori Andrey Boginsiy ma’lum qildi.

Avval Mi-24 va uning eksport varianti Mi-35P eksluatatsiya qilish muddati 30-yil bo‘lgan.

“Biz bu vertolotlarni eksluatatsiya qilish muddatini oshirish bo‘yicha ishlarni bajardik – uning muddati 45-yilga uzaytirildi. Bu mashina modernizatsiyasining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini beradi”, - dedi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vertolotning qurol boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Shuningdek, unga optik-elektron tizimi o‘rnatildi.

“Biz “Ataka” yoki “Vixr” raketalarini qo‘llashni taklif qilyapmiz”, - dedi Boginskiy.

Bu turdagi vertolot 1971-yilda ishlab chiqarish boshlanib, ko‘plab davlatlarga eksport qilingan. Afg‘on urushi, Chechenistondagi harbiy harakatlar, shuningdek ko‘plab mintaqaviy mojarolarda keng foydalanilgan.

Rossiya harbiy havo kuchlarida 100 ta, 2016-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 29 ta, Turkmanistonda 10 ta, Tojikistonda 4 ta va Qirg‘izistonda 2 ta Mi-24 vertoloti mavjud.

Yangiliklar lentasi
0