BAA bosh vazirining qochib ketgan rafiqasi Londonda bo‘lishi mumkin – OAV

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr OAE, pravitel Dubaya sheyx Moxammed ben Rashid Al Maktum
Premyer-ministr OAE, pravitel Dubaya sheyx Moxammed ben Rashid Al Maktum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malika Xayya bin al-Husayn hozirgi vaqtda Kensington saroyi yaqinida narxi 85 milllion funt sterling bo‘lgan uyda bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. BAA bosh vaziri, Dubay rahbari sheyx Muxammad ben Rashid Al Maktumning qochib ketgan rafiqasi Londonda bo‘lishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Times gazetasi xabar qildi.

V Tashkente proshel perviy trudovoy forum Uzbekistan - OAE - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ilk marotaba O‘zbekiston - BAA xalqaro mehnat forumi o‘tkazildi

Nashr xabarida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda malika Xayya bin al-Husayn Kensington saroyi yaqinida narxi 85 million funt sterling bo‘lgan uyda bo‘lishi mumkin. Ehtimol bu uyni malika 2017-yilda turmush o‘rtog‘i ishtirokisiz sotib olgan.

Bundan avval Britaniyaning Sun nashri BAA bosh vazirining rafiqasi, Dubay Amirligi hukmdori shayx Muhammad bin Rashid al Maktumning rafiqasi mamlakatdan yirik miqdordagi pul bilan qochgani haqida xabar bergandi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, malika Xayya bin al-Husayn fevral oyidan buyon ommaga ko‘rinish bermagan. Xabarda aytilishicha, u 11 yashar qizi va yetti yashar o‘g‘li bilan Germaniyaga qochgan va u yerdan boshpana so‘ragan, so‘ngra ajrashish uchun ariza bergan.

Malika o‘zi bilan 31 million funt sterling (39 million dollarga yaqin) pulni olib ketganligi xabar qilinmoqda.

Ushbu qochish BAA va Germaniya o‘rtasida diplomatik inqirozni keltirib chiqardi, deb ta’kidlamoqda Sun nashri.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir Germaniya hukumatiga unga rafiqasi va bolalarini topshirish talabi bilan murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.

Yangiliklar lentasi
0