07:36 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kыrgыzskiye pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte

Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga nomaʼlum ilova oʻrnatilmoqda – OAV

© AP Photo / EFREM LUKATSKY
Dunyoda
Havola olish
55410

Qirgʻiz-Xitoy chegarasida nazoratdan oʻtgan koʻplab odamlar, ularga tegishli boʻlgan telefonda nomaʼlum dastur paydo boʻlgani haqida shikoyat qilishdi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Xorijiy nashrlar The New York Times, Süddeutsche Zeitung va The Guardian jurnalistlari Xitoy chegarachilari Qirgʻizistondan kelgan sayyohlarga tegishli boʻlgan telefonlarga josus dasturni oʻrnatish holati yuzasidan tekshiruv oʻtkazishdi.

Maʼlum boʻlishicha, xitoylik chegarachilar bu ilova yordamida xorijiy fuqarolariga tegishli boʻlgan smartfonlarni tekshirishi maʼlum boʻldi.

Bu dastur BXAQ yoki Fēng cǎi deb nomlanadi. Bu dastur kontaktlar, SMS-yozishmalar, qoʻngʻiroqlar, kalendardagi yozuvlar, shuningdek, ilovalar roʻyxati va ijtimoiy tarmoqdagi taxalluslarni tahlil qiladi.

Bu dastur ekstremistik maʼlumotlarni aniqlash maqsadida barcha fayllarni tekshirib, maxsus serverga hisobot yuboradi. Keyinchalik bu maʼlumot hukumatga taqdim etiladi.

OAVlarning maʼlumotiga koʻra, bu ilova faqat Qirgʻizistondan Xitoyga chegara orqali kelgan fuqarolar telefonlariga oʻrnatilmoqda.Tekshiruv davomida “Irkeshtam-avto” nazoratdan oʻtish punkti orqali Xitoyga kelgan sayyohlar telefonlar tekshirilishi haqida shikoyat qilishgan.

Chegarachilar telefon tekshirish uchun olishdan oldin uni blokdan chiqarishni soʻraydi. Agar smartfor Android-platformada boʻlsa, josuslik dastur oʻrnatiladi, iOS boʻlsa, telefon kompyuterga ulanib, toʻliq tekshiriladi.

Tekshiruv davomida ikkita sayyoh, shuningdek Süddeutsche Zeitung gazetasi muxbiri oʻz telefonida bu dastur paydo boʻlganini aniqladi.

Chet el fuqarolaridan birining soʻzlariga koʻra, u Xitoyning gʻarbiy qismida chegarani kesib oʻtgan, unga bu dasturni oʻrnalishi haqida maʼlum qilishmadi. Chegarachilar faqat “qurol, terrorizm, pornografiya” maʼlumotlari tekshirilishini aytishgan.

Jurnalistlar fikriga koʻra, bu kuzatuv diniy ozchillik, shu jumladan uygʻur etnik guruhi vakillariga qaratilgan.

Asosiy mavzular