02:19 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Miting storonnikov Atambayeva v Bishkeke

Qirgʻizistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi boʻlib oʻtmoqda

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
370 0 0

Almazbek Atambayevning oʻzi ham miting oʻtkazilayotgan joyga yetib kelgan.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Qirgʻizistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi boʻlib oʻtmoqda.

Sputnik Qirgʻiziston nashrining yozishicha, Qirgʻiziston sobiq prezidentining tarafdorlari avvaliga uning Koy-Tash qishlogʻidagi uyi yonida toʻplanishgan. Soat 15:30larda Bishkekdagi “Forum” binosiga kelishgan va u yerda miting boshlangan. Hozirda mitingda 500 yoshdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.

Almazbek Atambayevning oʻzi ham miting oʻtkazilayotgan joyga yetib kelgan.

Miting ishtirokchilari sobiq prezidentga nisbatan siyosiy taʼqib toʻxtatilishini talab qilishmoqda. Mitingda hech qanday tartibsizlik kuzatilmayapti.

Qirgʻiziston parlamenti sobiq prezident Atambayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Atambayevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun 110 deputatdan 103 nafari ovoz berdi. Ushbu maqomni yoʻqotgan Atamboyev daxlsizlik huquqidan ham mahrum boʻldi.

Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgandi va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilingandi. Joʻqorgʻu Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yuborgandi.

Xulosaga koʻra, sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Koy-Tash qishlogʻida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va unga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korruptsiya fakti.

Atambayevning oʻzi unga qoʻyilgan ayblovlar “safsata” ekanligini aytib, xalqqa halol xizmat qilganini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular