20:06 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Bыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev vыstupayet na mitinge protiv nыneshney vlasti okolo Mediaforuma v Bishkeke

Atambayev mitingi yakunlandi: hukumatga qanday talablar koʻyildi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
883 0 0

Norozilik aktsiyasi ishtirokchilari rezolyutsiyani qabul qilib, hukumat oldiga bir necha talablarni ilgari surishdi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Bishkekda 3 iyul kuni oʻtkazilgan tinch miting ishtirokchilari mamlakat hukumati oldiga qator talablarni qoʻyishdi.

Sobiq prezident Almazbek Atambayev tarafdorlarining mitingi “Mediaforum” binosi oldida oʻtkazildi. Mitingda 500 dan 1,5 mingacha odam ishtirok etdi. Mitingda Almazbek Atambayev oʻzi ham qatnashdi va  nutq soʻzladi.

Miting ishtirokchilari qonunga rioya qilmaslikni toʻxtatish, Vazirlar Mahkamasini isteʼfoga chiqarish va “xalq ishonchli hukumati”ni tuzishni taklif qilishdi.

Ular Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar rahbariyati almashtirilishi va huquq tartibot organlarida islohotlar oʻtkazilishini talab qilishdi.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada zudlik bilan siyosiy muxolifatchilari ozod qilishi bayon etilgan. Shuningdek, davlat apparati uchun xarajatlarni qisqartirish va hukumatga yangi yetakchilarni kelishini taʼminlash talablari yozilgan.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, miting tashkilotchilari butun mamlakat boʻylab ommaviy norozilik aktsiyalar uyushtirilishi, prezident isteʼfoga ketishi va parlamentni tarqatib yuborishni talab qilinishi maʼlum qilindi.

Asosiy mavzular