Putin Kiyev bilan muloqot qilish shartlarini ma’lum qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim
Pramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Italiyaning Corriere della Serana gazetasiga intervyu berdi.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Ukrainaning yangi prezidenti o‘zining saylovoldi va’dalarini bajarishga kirishsa, Moskva Kiyev bilan muloqotni boshlashga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaning Corriere della Serana gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zaderjannie ukrainskie korabli dostavleni v port Kerchi - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Putinga murojaat qildi

Rossiya yetakchisi Zelenskiy saylov oldidan Donbassdagi fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishni va’da qilganini eslatib o‘tgan. Putinning fikriga ko‘ra, u bu muloqotni yo‘lga qo‘yishi, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar (Donesk va Lugansk) aholisini separatistlar deb atashni to‘xtatishi kerak.

“Shuning uchun takrorlayman, Ukraina fuqarolari Zelenskiy va uning jamoasidan bayonot emas, balki qisqa vaqt ichida yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi harakat va o‘zgarishlarni kutmoqda”, - deya Putin so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Vladimir Putin nashrga Italiyaga safaridan oldin intervyu bergan.

Yangiliklar lentasi
0