Zelenskiyning matbuot xizmati Kanada poytaxtini boshqa joyga “ko‘chirdi”

© GEOFF ROBINS / AFPParlamentskiy xolm v Ottave, Kanada
Parlamentskiy xolm v Ottave, Kanada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot xizmati Kanada poytaxti qaysi shahar ekanligini bilmasligi sababli kulgiga qoldi.

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot xizmati Ottava o‘rniga Torontoni Kanada poytaxti deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Syezd partii Sluga naroda v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy prezident kabinetini ko‘rsatdi

“Mamlakat rahbari Kanada poytaxti — Torontoda bo‘lib o‘tadigan Ukrainadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro anjumanda ishtirok etadi”, — deyiladi prezident matbuot xizmatining xabarida.

Keyinroq matbuot xizmati xodimlari Toronto — Kanadaning Ontario provinsiyasi poytaxti, deya o‘z xatosini to‘g‘irlab qo‘ygan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot xizmatining xatosi ijtimoiy tarmoqda katta kulgiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0