22:39 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Rossiyskiye istrebiteli Su-27

Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSH razvedka samolyotini toʻxtatib qoldi

© Sputnik / Sputnik
Dunyoda
Havola olish
103410

Rossiya Su-27 qiruvchisi AQShning razvedka samolyotini Qrim qirgʻogʻi yaqinida toʻxtatib qoldi.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Qora dengiz suvi ustida Rossiya chegarasiga yaqinlashgan Amerikaning R-8A "Poseydon" samolyotini toʻxtatib qoldi.

Bunday avval Qrimdan 75 km masofada “Poseydon” samolyoti toʻxtatilishi aks etgan video paydo boʻldi.

Rossiyalik harbiylar maʼlumotiga koʻra, Qora dengiz suvlari ustida havo nishon paydo boʻldi.

Toʻxtatish uchun Su-27 qiruvchi osmonga koʻtarildi. Rossiya qiruvchisi xavfsiz masofada havo obʼyektga yaqinlashdi va uni Amerikaning P-8A Poseidon razvedka samolyoti ekanligini aniqladi. AQSH samolyoti darhol davlat chegaradan parvoz yoʻnalishini oʻzgartirdi.

Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, Su-27 parvozi xalqaro havo hududidan foydalanish qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida koʻrishmoqda.

Mart oyida Rossiya chegarasi yaqinida yadroviy strategik bombardimonchi Boeing B-52H parvoz qilish holati koʻpaydi.

Asosiy mavzular