07:24 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Armyanskiy fermer rasskazal o xaraktere simvola 2017 goda – petuxa

Frantsiyada erta tong qichqirib, odamlarni uygʻotadigan xoʻroz sud qilinmoqda

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
71910

Frantsiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofida kishilarni uygʻotayotgan xoʻroz boʻyicha sud jarayoni ketmoqda.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Frantsiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uygʻotayotgan xoʻroz ishi boʻyicha sud jarayoni ketmoqda. Bu haqda RIA Novosti Monde gazetasiga asosan xabar qildi.

Bu holat Sharanta departamentida koʻrib chiqilmoqda. Moris laqabli xoʻroz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qoʻshni shikoyat qildi.

Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishmoqda. Bu pulni ular halok boʻlgan dengizchilarga yordam berish uchun oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Biron va Fesso oʻrtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017 yil bahor mavsumida xoʻroz shovqiniga chek qoʻyish maqsadida arz qilishgan. Oʻsha vaqtda xoʻroz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qoʻllab-quvvatladi.  

4 iyul kuni boʻlib oʻtgan sud majlisiga daʼvogar va xoʻroz egasi kelmadi. Sudda Biron va Fesso yashayotgan hudud qishloq joy yoki shahar ekanligi - asosiy bahs mavzusi boʻldi. Daʼvogar advokatlarining maʼlum qilishicha, ularning mijozlari yashaydigan hudud qishloq joyi emas, balki shaharga yaqin uylar joylashgan hududga kiradi.

Sud bu ish boʻyicha 5 sentyabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Euronews telekanali yozishicha, bu sud jarayonini mahalliy tovuq ferma egalari katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda. Bu holat ularning ish faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishidan koʻrqishmoqda.

Shu bilan birga, qishloq tovushlari “Frantsiyaning milliy boyligi” deb tan olishni taklif qilgan Jiron qishlogʻi hokimining tashabbusi koʻpchilik tomonidan ijobiy qarshi olindi.

Asosiy mavzular