16:05 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Flag Respubliki Kambodja

Kambodjada "boylar uchun qamoqxona" paydo boʻladi

© Flickr / @felixtriller
Dunyoda
Havola olish
291 0 0

Qamoqxona yangi qismida qurilish mamlakat Ichki ishlar vazirligi belgilagan xususiy kompaniya tomonidan olib borilmoqda.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Kambodja poytaxtida qulay sharoitli "xususiy" kameralar bilan jihozlangan maxsus qamoqxona yaqin vaqtlarda foydalanishga topshiriladi.

Bu haqda RIA Novosti Phnom Penh Post asosan xabar qildi.

Qamoqxonaning yangi qismida qurilish ishlarini mamlakat ichki ishlar vazirligi belgilagan xususiy kompaniya olib bormoqda.

Qamoqxonaning bu qismi katta kameralar bilan jihozlanadi. Bular toʻrt toifaga boʻlinadi: bir, ikki, uch va toʻrt kishilik kameralar boʻladi.

Bu qulay sharoitli kameralar qamoq yoki dastlabki tergov jarayonidagi puldor kishilarga beriladi. Chunki hozirgi vaqtda mamlakatdagi qamoqxonalarda 30 kvadrat metrli kamerada 30 va undan koʻp mahbus saqlanishi mumkin.

Shinam kameralarining ijara narxlari 45 yil davomida operator-kompaniya tomonidan belgilanadi. Pullarning bir qismi davlatga oʻtkaziladi, qolgani qurilish harajatlarini bartaraf etish va daromad qilish uchun olinadi.

2016-yilda bu turdagi tijoriy qamoqxonani qurish qarori, yetarli puli bor mahbuslarga nisbatan shinam sharoitda jazoni oʻtash va davlat byudjetiga qoʻshimcha daromad manbaini topish maqsadida qabul qilingan.

Asosiy mavzular