07:51 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Bishkekda kaltaklangan nigeriyalik vafot etdi - fojiali holat aks etgan video

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
1605 0 0

Bishkekda qirgʻizistonlik yigit Nigeriya fuqarosi Ali Abubakirga kuchli zarba beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fojiali holat aks etgan video paydo boʻldi.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Bishkekda kaltaklangan Cambridge School direktori, Nigeriya fuqarosi Ali Abubakir vafot etdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, voqea 2-iyul kuni sodir boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, nomaʼlum shaxs nigeriyalik fuqaro boshiga kuchli zarba bergan, buning oqibatida u yerga yuztuban yiqilgan va hushidan ketgan.

Ushbu fojiali holat aks etgan video omma orasida tarqaldi.

Tergov ishi dastlabki maʼlumotlariga qaraganda, erkaklar markaziy savdo markaziga kirish qismida toʻqnashishgan va ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Shu vaqtda erkak chet ellik fuqaroga zarba bergan.

Nigeriya fuqarosi koma holatida jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Ertasiga ushbu holat boʻyicha shov-shuv koʻtarilgach, bosh vazir aybdor shaxsni topish haqida topshiriq bergan va militsiya gumonlanuvchini qoʻlga olgan.

Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, Nigeriya fuqarosi Ali Abubakir oʻziga kelmasdan 5-iyul kuni vafot etgan.

Nigeriyalik Bishkekdagi Cambridge School direktori boʻlgan, u poytaxtdagi "Archa-Beshik" tumanidagi qabristonga dafn etiladi.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular