07:58 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Gruziya telekanali boshlovchisi Putinni haqorat qilganidan soʻng favqulodda miting boshlandi

© Stringer
Dunyoda
Havola olish
901 0 0

Gruziyaning “Rustavi2” telekanali boshlovchisi Putinni haqorat qilganidan soʻng telekanal atrofida yuzlab odamlar toʻplanib boshlovchini ishdan haydashni va telekanalni yopishni talab qila boshladi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Yakshanba kuni kechqurun Gruziyaning yirik telekanallaridan biri hisoblangan “Rustavi-2” telekanali boshlovchisi Georgiy Gabuniya Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning marhum ota-onasini qattiq haqorat qilganidan soʻng telekanal atrofida favqulodda norozilik namoyishi boshlanib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Gruziya.

Aktsiya protesta v Gruzii u telekanala Rustavi2

Telekanal atrofida yuzlab odamlar jamlanib telekanal boshlovchisini haydashni va umumsan “Rustavi-2”ni yopishni talab qila boshlashdi. Namoyishchilarni eng qattiq gʻazabga solgan narsa – bu teleboshlovchining Putinning marhum ota-onasini haqorat qilishi boʻldi. Maʼlumki, Gruziyada ham Oʻzbekistonda boʻlgani kabi ota-onani juda hurmat qilishadi.  

Telekanal xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida uning atrofi politsiya bilan oʻrab olindi. Ayni damda Gruziya rahbariyati va TIV ushbu voqeaga oʻz munosabatini bildirdi.

“Biz Rustavi-2 telekanali boshlovchisining soʻzlarin qattiq qoralaymiz. Ushbu voqeaning soʻz erkinligiga hech qanday aloqasi yoʻq, ushbu soʻzlar faqat provokatsiya boʻlib, faqatgina Rossiya-Gruziya munosabatlarini murakkablashtirishga qaratilgan”, - deyilgan Gruziya tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili feysbukda ham boshlovchining ushbu soʻzlarida hech qanday vatanparvarlik hissi yoʻqligini, u oʻzining ushbu soʻzlari bilan Gruziya manfaatlariga katta zarar yetkazganini yozib qoldirgan.

“Rustavi-2” telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilk qilgan “Yagona milliy harakat” partiyasiga tegishli boʻlgan. Ayni damda partiya barcha yoʻnalishlarda inqirozga uchragan boʻlsada, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini toʻxtatmagan.

Asosiy mavzular