15:23 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Stena na granitse Meksiki i SSHA

Oʻzbekiston va rossiyalik sayyohlar Meksikaga kiritilmadi

AFP / Sandy Huffaker
Dunyoda
Havola olish
352 0 0

Meksika chegarachilari fikriga koʻra, ushbu sayyohlarning asl maqsadi hujjatlarda koʻrsatilgan maqsadga muvofiq emas.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Oʻzbekistondan Meksikaga kelgan sayyohlarni mamlakat ichiga kiritishmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Mexikodagi Rossiya elchixonasi xabariga asosan.

Oʻtgan dam olish kunlarida OAVlarda Rossiya pasportiga ega boʻlgan 14 nafar sayyoh Meksika hududiga kiritilmagani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Ular Rossiyaning Nordwind kompaniyasi bilan Meksikaning Kankun shahriga uchib kelishgan. Sayyohlarning 4 nafari Rossiya pasporti bilan Oʻzbekistondan uchib kelgan.

Mahalliy migratsiya xizmati fikriga koʻra ularning safar maqsadi hujjatlarda koʻrsatilgan maqsadga mos kelmaydi.  

Soʻnggi vaqtlarda Meksika hukumati Rossiyadan kelayotgan sayyohlarni sinchiklab va talabchan tekshirmoqda.  Xususan, turistlardan mehmonxona broni, yashash uchun yetarli mablagʻ borligini isbotlash, orqaga qaytish chiptalarini taqdim etish soʻralmoqda. Tekshiruvlar natijasida hatto “qora roʻyxat” ham tuzilgan.

Asosiy mavzular