22:02 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev na press-konferentsii po itogam rossiysko-kirgizskix peregovorov v rezidentsii Ala-Archa v Bishkeke

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayev tergov boshqarmasiga chaqirtirildi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
592 0 0

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasiga soʻroqqa chaqirtirildi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Ichki ishlar vazirligi tergov bosh boshqarmasiga soʻroqqa chaqirtirildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Atambayev ertaga, 9 iyul kuni soat 10:00ga chaqirtirilgan.

“U hali chaqiruv qogʻozi bilan tanishmadi. Hujjatni sobiq prezident uyidagi qoʻriqlash postiga olib kelishdi. U guvoh sifatida chaqirtirildi, qaysi ish boʻyicha nomaʼlum”, - dedi sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.

Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilingan. Joʻqorgʻu Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga koʻra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va stantsiyaga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruktsiyasida korruptsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

Mamlakat bosh prokurori Oʻtkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Asosiy mavzular