09:01 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dollarы

AQShda sentyabrda defolt boʻlishi mumkin – OAV

© REUTERS / Dado Ruvic
Dunyoda
Havola olish
116620

AQShda juda kam soliq tushumlari sababli sentyabrda defolt yuz berishi mumkin.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. AQShda juda kam soliq tushumlar tufayli sentyabrda defolt yuz berishi mumkin. Bu haqda Blumberg agentligi xabar qildi.

AQSH davlat qarzining limiti, agar kongres uni koʻpaytirish boʻyicha qaror qabul qilmasa, sentyabr boshida koʻtarilishi mumkin. Bundan avval mutaxassislar AQSH bu belgidan 2019 yil oktyabr-noyabrda oshishi mumkinligi haqida aytishgandi.

Buning sababi juda kam soliq tushumlar boʻlishi, bu koʻrsatkich oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 6 foiz koʻpayishi koʻtilgan edi, biroq tushumlar atigi 3 foizga koʻpaygan.

Bundan tashqari, AQSH parlamentining quyi palatasi 26 iyulda taʼtilga ketadi, davlat qarzining limitini koʻpaytirish masalasi hali koʻtarilmadi.

VZT iqtisodiy siyosat boʻlishi rahbari Shay Akabasning soʻzlariga koʻra, hukumat davlat qarzi boʻyicha qaror qabul qilmasdan taʼtilga ketishi kerak emas. Aks holda Vashington oʻz kredit majburiyatlarini bajarilishini taʼminlay olmasligi mumkin.

2019 yil boshida AQSH davlat qarzi tarixda birinchi marta 22 trillion dollardan oshdi. Bundan tashqari, 2018 moliyaviy yilda AQSH byudjet defitsiti 17 foizga koʻpayib, 779 milliard dollarga yetdi.

2020 yilga kelib bu koʻrsatkich trilliondan oshishi mumkinligi haqida taxminlar bor. Davlat qarzi oʻsishni tezlashtirish tendentsiyasini saqlab qolishi ehtimoli bor, chunki hukumat xarajatlari umuman nazorat qilinmaydi.

Asosiy mavzular