08:58 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming dollarga sotildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Dunyoda
Havola olish
73510

Yaponiyadagi auktsionda dunyoda eng qimmat boʻlgan uzum sotildi. Sentyabr oyi oxiriga kelib bu uzumning 26 ming boshini sotish kutilmoqda.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Isikava prefekturasida auktsionda Yaponiyaning Ruby Roman navli uzumning bir boshi 1,2 million iyenga (11 ming dollar) sotildi.

Sentyabr oxiriga kelib ushbu navdagi uzumning 26 ming boshini sotish kutilmoqda.  

Ruby Roman (Rum yoquti) dunyoda eng qimmat uzum hisoblanadi.

Yaponiyalik olimlar 1994 yilda bu navli uzumni yetishtirishdi, biroq ilk bor bu uzum 2008 yilda sotuvga tushdi.

Bu uzum yirik, qizil-yoqut rangli meva, taʼmi juda shirin.  

Asosiy mavzular