Putin gruziyalik jurnalistning haqoratiga o‘z munosabatini bildirdi - video

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yekaterinburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali jurnalistining qilig‘iga o‘z munosabatini bildirdi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali jurnalistining qilig‘iga o‘z munosabatini bildirdi.

Vladimir Putin Rossiyada “Rustavi 2” telekanali jurnalistiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilsa, unga katta ehtirom ko‘rsatilgan bo‘ladi, deb hisoblaydi.

“Bu kabilarga nisbatan qandaydir jinoiy ish qo‘zg‘atish – katta ehtirom. Bundan keyin ham gapiraversin”, - dedi Putin.

7 iyul kuni Georgiy Gabuniya o‘zining “Rustavi 2” telekanalidagi mualliflik dasturini Putin va uning marhum ota-onasini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishdan boshlagan. Uning bu qilmishi Gruziyada qattiq qoralandi va norozilik namoyishi boshlanishiga sabab bo‘ldi. G‘azablangan tomoshabinlar telekanal binosiga kelib, jurnalist va “Rustavi 2” bosh direktorini ishdan bo‘shatishni talab qilishgan. Shuningdek, Gabuniyaning qilmishini Gruziya prezidenti va bosh vaziri ham qattiq qoralalab, fitna deya baholashgan.

Rossiyada ham Gabuniyaning qilmishini qattiq qoralandi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist Gruziya va butun Kavkazga isnod keltirganini ta’kidladi. Rossiya parlamentining quyi palatasi esa Gruziyaga qarshi sanksiyalar joriy etish takliflarini kiritdi. Biroq Putin Gruziya xalqiga hurmati tufayli ushbu sanksiyalarni ma’qullamasligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0