TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. AQShning Dallas shahrida auksion savdolarga narxi 1 million dollar bo‘lgan ikkita to‘pponcha sotuvga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, bu to‘pponchalarning noyobligi shundan iboratki, ular mashhur Muonionalusta meterorit bo‘laklaridan tayyorlangan.
Bu meteorit taxminan million yil muqaddam yerga tushgan. Uning qismlari dunyoning turli muzey va planetariylarda saylanmoqda. Ayrim do‘konlarda meteorit bo‘laklarini sotib olish mumkin.
Auksionga qo‘yilgan qurolning ayrim qismlari meteorit temiridan tayyorlanganligiga qaramasdan, uning narxi yana ko‘ratilishi mumkin.