Saakashvili nafaqaxo‘r ayolning qo‘lini sindirdi (video) – OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya Mixaila Saakashvili vo Lvove
Press-konferensiya Mixaila Saakashvili vo Lvove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina OAVlari Gruziyaning sobiq prezidenti Odessadagi sud binosi yonida to‘polon keltirib chaqarganini xabar qilishmoqda.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Odessa sudi binosi yonidagi to‘polon vaqtida nafaqaxo‘r ayolning qo‘lini sindirdi.

Odessit.ua portalining xabar qilishicha, Saakashvili o‘zining tarafdorlari bilan shahar hokimi Gennadiy Truxanov tomonidan “Krayan” zavodini noqonuniy sotib olish ishi bo‘yicha hukm o‘qib eshittirilayotgan sud binosi yonida piket uyushtirgan.

Saakashvili Putinning unga Ukraina pasporti qaytarilishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Namoyish vaqtida Saakashvili hokim soqchilari bilan mushtlashib, keksa ayolni urgan. Nashrning yozishicha, ayol yiqilib tushgan va qo‘lini sindirib olgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.

Ukrainaning “24 kanal”i ham sobiq gubernator ishtirokida to‘polon sodir bo‘lganini xabar qildi, biroq xabarda jabrlangan keksa ayol haqida so‘z bormagan.

Odessaning Timer nashrining yozishicha, keksa ayolning qo‘li singan, ammo muallif bu ko‘ngilsizlik Saakashvili bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lganini qayd etmagan. Xabarda namoyishchilardan biri keksa ayolni turtib yuborgani va ayol jarohat olgani ta’kidlangan.

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013-yilda tark etgan. Gruziyada unga nisbatan qator jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan va ulardan ba’zilari bo‘yicha sirtdan qamoq jazolari tayinlangan.

2015 yil bahorida Potr Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berib, uni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan. Ammo Saakashvili viloyatni rivojlantirish bo‘yicha va’dalarni bajarmagani va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirib yuborgani uchun Poroshenko uni 2016-yil noyabr oyidayoq uni lavozimidan ozod qilgan. Bu ham yetmagandek uni Ukraina fuqaroligidan ham mahrum qilgan.

Vladimir Zelenskiy hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng unga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi. May oyining oxirida Ukrainaga qaytgan Saakashvili Oliy radaning navbatdan tashqari saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0