01:17 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kantsler FRG  Angela Merkel vo vremya vstrechi s  premyer-ministrom Finlyandii Antti Rinne

Finlandiya bosh vaziri bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana kuchli qaltiroq tutdi

© AFP 2018 / TOBIAS SCHWARZ
Dunyoda
Havola olish
275 0 0

Bu bir oy ichida sodir boʻlgan shunga oʻxshash uchinchi holatdir. Iyun oxirida Angela Merkel salomatligi bilan jiddiy muammo yoʻqligini taʼkidlagan edi.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Germaniya kantsleri Angela Merkel Finlandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida yana oʻzini yomon his qildi. Bu haqda N-tv telekanali xabar qilmoqda.

Merkelni yana qaltiroq tushishi aks etgan video Twitter ijtimoiy tarmogʻida paydo boʻldi. Videoda Merkel va Rinne tik turgan holda nutq tinglayotgani tasvirlangan. Kutilmaganda kantslerni qaltiroq tutadi, ammo u joyidan jilmaydi. Fin hukumati rahbari bunga eʼtibor bermaydi.

​Germaniya vazirlar mahkamasi vakili Merkel oʻzini yaxshi his etayotgani va Finlandiya bosh vaziri bilan muzokaralar belgilangan tartibda oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.

Qayd etish joizki, bu bir oy ichida shunga oʻxshash uchinchi holatdir. Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi.

Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chogʻida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.

Angela Merkelning oʻzi jurnalistlarga salomatligi bilan bogʻliq jiddiy muammo yoʻqligini aytgandi.

Asosiy mavzular