18:11 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

“Bormayman”: Atambayev yana soʻroqqa kelmadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (37)
440 0 0

Qirgʻiziston IIV bosh tergov boshqarmasi sobiq prezident Almazbek Atambayevni takroran soʻroqqa chaqirtirgan edi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Takroran soʻroqqa chaqirtirilgan Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev bu safar ham Ichki ishlar vazirligiga bormadi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev RIA Novostiga maʼlum qildi.

“Atambayev kecha keltirilgan chaqiruv qogʻozi koʻra soʻroqqa borishdan bosh tortdi”, - dedi advokat.

Chorshanba kuni Qirgʻiziston IIV bosh tergov boshqarmasi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi boʻyicha guvoh sifatida koʻrsatma berishi uchun Atambayevni takroran soʻroqqa chaqirtirgan edi.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev
Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov

“Bunaqa chaqiruv qogʻozlar hali koʻp keladi, lekin Almazbek Sharshenovich IIVga bormaydi. Uning daxlsizlik huquqi va davlat soqchisi bor. Agar majburan soʻroqqa olib borishga urinishsa, bu qonun buzilishi boʻladi”, - deya taʼkidladi Slesarev.

Eslatib oʻtamiz, Almazbek Atambayevga soʻroqqa kelish haqidagi birinchi chaqiruv qogʻozi 9 iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident soʻroqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qogʻozini hatto qoʻliga olmasligini aytgan. 

Qirgʻiziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar roʻyxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga koʻra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayevning oʻzi unga qoʻyilgan ayblovlar “safsata” ekanligini aytib, xalqqa halol xizmat qilganini maʼlum qilgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (37)

Asosiy mavzular