19:16 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Korobki s konfetami

Sogʻlom boʻlish uchun qancha shokolad isteʼmol qilish zarur – mutaxassis tavsiyalari

© Sputnik / Rudolf Alfimov
Dunyoda
Havola olish
58010

Shifokorlar sogʻliqqa ziyon boʻlmasligi uchun qancha shokolad isteʼmol qilish zarurligini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Har kuni qora shokolad plitkasining yarmini isteʼmol qilinsa sogʻliq uchun ziyon boʻlmaydi. Biroq uni kunning birinchi yarmida isteʼmol qilish maqsadga muvofiq. Chunki u juda kaloriyali mahsulot boʻlib, uning tarkibida uxlashga xalaqit beradigan moddalar bor. Bu haqda rossiyalik ekspertlar maʼlum qilishdi.  

Bugun butunjahon shokolad kuni nishonlanadi. Ilk bor buni frantsiyaliklar nishonlashni boshlashdi. Keyinchalik bu bayram ommalashib, Yevropaning boshqa davlatlarda tantana qilishga oʻtildi.

“Tarkibida kamida 50 foiz kakao boʻlgan qora shokoladni oladigan boʻlsak, odam har kuni 50 grammga yaqin shokoladni isteʼmol qilishi mumkin. Ogʻir mehnat yoki sport bilan shugʻullanadigan insonlar koʻproq yeyishi mumkin”, - deydi Sechenov universiteti poliklinika teripayasi kafedrasi professori, tibbiy fanlar doktori Aleksey Buyeverov.

Olimning soʻzlariga koʻra, shokoladni eng yaxshisi kunning birinchi yarmida isteʼmol qilish kerak. Chunki unda shakar bor. Bundan tashqari, bu sevimli shirinlikda tetiklantiruvchi, uxlashni qiyinlashtiradigan –alkaloid moddasi mavjud.

"FITS pitaniya i biotexnologii" klinkasi shifokori, tibbiy fanlar nomzodi Yelena Livantsova fikriga koʻra, sutli va qora shokolad kaloriyasi boʻyicha deyarli bir xil.

Oshqozon osti bezi kasalliklar boʻlganda shokoladni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.

Meʼyoridan ortiq shokolad isteʼmol qilish ortiqcha vazn toʻplash, uglevod almashinuvi buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, tishlarda kariyes rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan avval “Sogʻlom ovqatlanish” milliy tadqiqot markazi tomonidan taqdim etilgan eng foydali nonushtalar top-3 roʻyxati haqida xabar berilgan.

Asosiy mavzular