TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk bor telefon orqali suhbatlashdi.
Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning maʼlum qilishicha, muloqot oʻtkazish tashabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan.
Dmitriy Peskovga koʻra, ikki davlat rahbarlari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishgan.
Shuningdek, u Putin va Zelenskiy “ikki tomondan ushlab turilganlar shaxslarni” qaytarish boʻyicha ekspert darajasidagi ishni davom ettirishga kelishib olishganini taʼkidladi.
“Shuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettirish imkoniyati muhokama qilingan”, - deb iqtibos iqtibos keltiradi Peskov soʻzlaridan RIA Novosti.
Ukraina prezidenti matbuot xizmatida oʻz navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda ushlab turilgan harbiy dengizchilarni ozod qilish” boʻlgani xabar qildi.
“Shuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini qaytarish haqida bordi”, - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Ilgariroq Zelenskiy Putinga Minskda uchrashuv oʻtkazishni taklif qilgan edi. U bu uchrashuvda AQSH, Frantsiya, Britaniya va Germaniya rahbarlari ham ishtirok etishlari kerakligini maʼlum qilgan edi. Lavrov Zelenskiyning Putin bilan uchrashuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga izoh berib, Rossiya Ukraina sharqidagi mojaroni hal qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishga tayyor ekanini bildirgan edi.
Putinning oʻzi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi mojaroni hal qilishning birorta formatidan bosh tortmaganini eslatib oʻtgan. U bunday uchrashuvga puxta tayyorgarlik koʻrilishi kerakligini qoʻshimcha qilgan.