19:17 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Kantsler Germanii Angela Merkel

Ekspert qalt-qalt titragan Merkel nimalar deganini maʼlum qildi

REUTERS / Fabrizio Bensch
Dunyoda
Havola olish
660 0 0

Germaniya kantsleri Angela Merkelni Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda bir oy ichidagi uchinchi marta titroq bosdi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Lablar harakatidan soʻzlarni anglay oladigan mutaxassis Judit Xarter Germaniya kantsleri Angela Merkel titroq tutgan vaqtda nimalar deb shivirlaganini maʼlum qildi. Bu haqda ekspert Antenne Bayern radiostantsiyasiga intervyu berdi.

Angela Merkelni 10 iyulda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda bir oy  ichidagi uchinchi marta titroq bosdi. U aʼzoi badanini titroq qamrab olganiga qaramasdan joyidan jilmadi. Oʻzini qoʻlga olish maqsadida bir necha marotaba turgan holatini oʻzgartirishga urindi. Hatta oyoqlari ham qalt-qalt titrayotganini koʻrish mumkin. Fin hukumati rahbari bu holatga eʼtibor bermaydi.

Keyinchalik kantsler jurnalistlarga  tobi yaxshi ekani va xavotirga sira oʻrin yoʻqligini aytgan.

Merkelni titroq bosgan holat aks etgan videoda u hamkasbiga qaramasdan qandaydir soʻzlarni shivirlayotganini koʻrish mumkin. Ekspertning kantsler “Men uddalay olaman” ("Ich schaffe das") degan jumlani bir necha marotaba takrorlaganiga ishonchi komil.

Qayd etish joizki, bu bir oy ichida shunga oʻxshash uchinchi holatdir. Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi.

Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chogʻida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.

Asosiy mavzular