07:36 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Staya saranchi unichtojayet rastitelnost

Olimlar nima uchun odamlar hasharot isteʼmol qilishni boshlashlari kerakligini aytishdi

Aleksey Kudenko
Dunyoda
Havola olish
1120 0 0

Diyetologlarning soʻzlariga koʻra, chigirtka, ipak qurti va chumolilarning tanasida koʻplab antioksidantlar va boshqa foydali moddalar mavjud.

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Olimlar nima uchun odamlar hasharot isteʼmol qilishni boshlashlari kerakligini aytishdi. Bu haqda Italiyaning Frontiers in Nutrition jurnali yozmoqda.

Diyetologlarning soʻzlariga koʻra, chigirtka, ipak qurti va chumolilarning tanasida koʻplab antioksidantlar va boshqa foydali moddalar mavjud.

Olimlarning tushuntirishlaricha, bu ularni ozuqaviy hamda goʻsht oʻrnini bosa oluvchi qiladi.

“Hamma allaqachon anglab turibdiki, hasharotlar kelajakda biz uchun oqsil, toʻyinmagan yogʻli kislotalar, minerallar, vitaminlar va toʻqimalarning ajoyib manbai boʻladi. Shu bilan birga, hech kim ular apelsin sharbati va zaytun moyini, shuningdek, eng muhim antioksidantlarning boshqa manbalari oʻrnini bosa olish yoki olmasligini tekshirib koʻrmagan”, - deydi Italiyaning Teramo universiteti olimi Mauro Serafini (Mauro Serafini).

“Yerning kamida ikki milliard aholisi muntazam ravishda hasharotlarni isteʼmol qiladi. Qolgan olti milliardni bu yomon fikr emas ekanligiga ishontirishimiz kerak. Agar odamlar ularni isteʼmol qilish koni foyda ekanligini anglab yetishsa, biz koʻplab iqlim va ekologik  muammolarni hal qilishimiz uchun biror kishini majburlashimizning hojati qolmaydi”, - deya fikrlarini davom ettiradi olim.

U hasharotlar antioksidantlar mavjudligi jihatidan farq qilashini qoʻshimcha qildi.

Maʼlum boʻlishicha, tarantulalar va chayonlar kabi hasharotlar Tailand va boshqa davlatlarda mashhur boʻlishiga qaramasdan deyarli antioksidant moddasiga ega emas ekan.

Oddiy chigirtka, chumoli, shuningdek, ipak qurtlari juda foydali ekan. Ular tarkibida apelsin sharbati va zaytun moyiga qaraganda ikki barobar koʻproq antioksidant moddalari borligi aniqlangan.

Olimlar bu hali amalda sinalmaganini qayd etib, yaqin kelajakda koʻngillilar ishtirok oʻtkaziladigan tadqiqotlar qator savollarning yechimiga yordam berishiga ishonch bildirishgan.

Asosiy mavzular