19:07 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdыmuxamedovыm

Turkmaniston prezidenti oʻz taʼtilini qanday oʻtkazmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
148520

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov taʼtilining birinchi kunida “Turkmaniston shifobaxsh oʻsimliklari” kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taʼtilining birinchi kunida “Turkmaniston shifobaxsh oʻsimliklari” kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi, deb xabar qildi Turmaniston hukumat gazetasi.

Xabarda aytilishicha, dalat yetakchisi “kitobga oxirgi oʻzgartirishlar kiritib, qoʻl yozmaga soʻnggi nuqta qoʻydi va uni chop etishga berdi”.

Keyinchalik Berdimuhamedov ochiq havoda nabiralari bilan sayr qildi.

“Davlat rahbari nabiralarga Turkmaniston tabiati boyligi, goʻzalligi va oʻziga xos tomonlari, hayvonot olamining xilma-xilligi haqida soʻzlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Turmaniston prezidenti mamlakat tarixi, otlar, gilamlar, musiqa, oshpazlik, choy mavzularida kitob chop etgan. Koʻplab kitoblar xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Asosiy mavzular