Almazbek Atambayev uchinchi marta Ichki ishlar vazirligiga chaqirtirildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferensii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferensii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Militsiya xodimlari Atambayevga uchinchi chaqiruv qog‘ozini olib kelishdi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uchinchi marta mamlakat Ichki ishlar vazirligiga chaqirtirildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev IIV tergov boshqarmasiga kelmadi

Bugun, militsiya xodimlari Atambayevga uchinchi chaqiruv qog‘ozini olib kelishdi. U endi 19-iyul kuni soat 10:00 da IIVga kelishi kerak.

Birinchi chaqiruv qog‘ozi 8-iyulda olib kelingandi. U IIV Tergov xizmatiga so‘roqqa guvoh tariqasida chaqirtirilgandi. Biroq sobiq mamlakat prezidenti tergovchi oldiga bormasligini ma’lum qildi. Atambayev iddaosiga ko‘ra, “hukumat o‘zining huquqiy maydoni”dan chetga chiqdi.

Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, u chaqiruv qog‘ozini ko‘rmagan va barcha hujjatlarni o‘zining yuridik vakili Sergey Slesarevga bergan. Slesarov daxlsizligi borligi uchun esa huquq tartibot organ xodimlarida Atambayevni so‘roqqa chaqirtirish vakolati yo‘qligini aytdi.   

Ikkinchi chaqiruv qog‘ozi 10-iyulda olib kelindi. Unda ham Atambayev IIVga kelmadi.

Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev vistupayet na mitinge protiv nineshney vlasti okolo Mediaforuma v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev mitingi yakunlandi: hukumatga qanday talablar ko‘yildi

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilindi. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga asosan Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

27 iyun kuni mamlakat parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi bo‘ldi.

Maqomdan mahrum etishdan oldin Atambayevning tarafdorlari uning uyida “xalq shtabini” tuzishgan va u hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0