Erdo‘g‘on Rossiyadan “Su-35” samolyotlarini sotib olish haqida o‘ylamoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVoyenno-texnicheskiy forum "Armiya-2018" vo Vladivostoke
Voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2018 vo Vladivostoke  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Turkiyani F-35 dasturidan chiqarsa, Anqara Rossiyadan "Su-35" qiruvchi samolyotlarini sotib olishi mumkin.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyadan Su-35 sotib olish masalasini o‘ylab ko‘rmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti turkiyalik harbiy manbaalarga asosan.

“Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya taklifini o‘ylab ko‘rmoqda. Sotib olish haqida gapirishga hali erta. Shunday qaror qabul qilinsa bu  alohida elon qilinadi”, - dedi Turkiya harbiy vakili.

Bir necha kun oldin “Rostex” bosh direktori Sergey Chemezov “Anqara Su-35 qiruvchi samolyotlariga qiziqish bildirsa, biz uni yetkazib berishga tayyormiz” degan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan “S-400” zenit-raketa majmualarini sotib olganidan so‘ng AQSh Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlar yetkazib berish dasturidan chiqarilishi haqida ogohlantirgan edi. Shu bialan bir vaqtda AQShda tahsil olayotgan turkiyalik uchuvchilarni o‘qitish to‘xtatilgan edi. 

Ma’lumot uchun 2017-yilda Rossiya va Turkai 4ta S-400 divizioni yetkazib berish haqida shartnoma imzolashgan edi. Zenit raketa tizimlarining birinchi ikkita divizioni Turkiyaga 12-iyul kuni yetkazib berildi.  

 

Yangiliklar lentasi
0