Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

© Instagram / rihanapetraBivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina
Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oksana Voyevodina Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajrashgani haqidagi xabarlar yuzasidan javob berdi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. “Miss Moskva-2015” g‘olibi Oksana Voyevodina  Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

Model instagramda tegishli video rolik joylashtirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rihana Oksana Petra (@rihanapetra)

“Faris doim menga va oilamizga g‘amxo‘rlik qiladi, men ham unga g‘amho‘rlik qilaman. Albatta, men uning hayotida yolg‘iz bo‘lishni va umrim oxirigacha u bilan bo‘lishni xohlayman”, - dedi Voyevodina.

Videoda model turmush o‘rtog‘ini sevishini tan oladi.

“Oilada asosiysi – bolalar, chunki ular bizning merosimiz”, - deb qo‘shimcha qildi Muhammad V.

Bundan avval OAVlarda Malayziya sobiq qiroli Muhammad V rossiyalik, “Miss Moskva-2015” go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina bilan ajrashgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Ularda ajralish haqida hujjatlar Singapur sudiga 22-iyun kuni taqdim etilgani bayon etilgan.

Keyinchalik rossiyalik modelning advokati Yevgeniy Tarlo bu xabarni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0